24.11.2017 15265

JIDU ning ijodkor talabalari, “Handmade” ko’rgazmasida jam bo’lishdi. “Uwedweek” ning 5-kunida tashkillashtirilgan ushbu ko’rgazma, barchaga birdek manzur bo’ldi. Ishtirokchilar orasidan ayniqsa Hasanov Javohir, Majidova Nargiza, Akbarxo’jayev Bunyod, Karshiyeva Sitora va Madaminov Nabijonning qo’l mehnati namunalari barchani hayratlantirdi. Bejirim bezak, sokin musiqa va bir-biridan chiroyli qo’l mehnati namunalari ko’rgazmaga o’zgacha fayz berdi.