24.11.2017 15417

2017-yil 3-noyabr kuni JIDU haftaligi doirasida universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi va Lider qizlar klubi tomonidan tashkillashtirilgan “Zamonaviy ayolning muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o‘tdi. Uchrashuvga UzMTRK birinchi suhandoni O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “Do‘stlik” ordenlari sohibi va “Oltin qalam”, “E’tirof” mukofotlari sovrindori Melnikova Galina Vitalyevna, “Ijtimoiy fikr” markazi direktor o‘rinbosari, iqtisod fanlari doktori Rahimova Nigina Xayrullayevna taklif etildilar.

Seminarni s.f.d., professor Sultanova E’tibor Siddikovna olib bordi. Seminarda XM, XH va XIM fakulteti talaba-qizlar, shuningdek, ishbilarmon va tadbirkor ayollar qatnashdilar.