23.11.2017 15697

23-noyabr kuni “Pedagogika. Psixologiya” fani doirasida “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu darsga amaliyotchi psixolog, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti aspiratni G‘oziyeva Zuxra Ergashevna taklif etildi. Psixolog tomonidan bugungi mahorat darsidan ko‘zlangan maqsadga e’tibor qaratildi, asosiy tayanch iboralarga to‘xtalib o‘tildi. Yurisprudensiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari yoritilib o‘tildi. “Men-konsepsiyasi” mavzusi bo‘yicha qiziqarli ma’ruza o‘qib eshittirildi, taqdimot namoyish etildi. “Shaxs” va “Men obrazi” kategoriyalarning mohiyati, uyg‘unligi va farqlari to‘g‘risida sharhlar berib o‘tildi, misollar keltirildi. “Men-obrazi”ni shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, shaxs xususiyatlarini tasdiqlovchi mumtoz nazariyalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Talabalarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida qisqa muddatli eksperimentlar o‘tkazildi. Tinglovchilar mavzu doirasida savol-javobga jalb etildi va faolligi oshirildi. Muhokamaga kiritilgan mavzuga doir darsliklar va ilmiy maqolalar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘tkazilgan mahorat darsi talabalarning psixologiya fani bo‘yicha o‘zlashtirish malakalarini oshirdi.