JIDUda “Sog’lom turmush tarzi, Ovqatlanish madaniyati – zamonaviy yoshlar hayotining muhim tarkibiy qismidir” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi.
18.02.2016 37748
17-fevral 2016-yili Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida “Sog’lom turmush tarzi, Ovqatlanish madaniyati – zamonaviy yoshlar hayotining muhim tarkibiy qismidir” nomli uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv “Sog’lom ona va bola” yiliga bag’ishlangan bo’lib, unga Toshkent shahar Salomatlik va Meditsina Statistikasi institutidan Shirinova A.Ch, Toshmatova G, Mirsultanova X., Siddikova Sh.X., Aliyeva A. shifokorlar tashrif buyurdilar. “Davra suhbati” shaklida o’tgan uchrashuv qiziqarli bo’ldi. Talabalar o’z qiziqqan savollariga to’la ravishda, ilmiy asoslangan javoblar oldilar.
Uchrashuvda barcha fakultet talabalari, o’qituvchilari, universitet tibbiy markazi xodimlari, Xotin-qizlar qo’mitasi, “Lider-qizlar” klubining a’zolari qatnashdi.
Uchrashuvni JIDU Xotin-qizlar qo’itasi raisi, professor Sultanova E.S. olib bordi.