23.11.2017 15149

JIDU haftaligi doirasidagi yana bir qiziq loyihalardan biri JIDU ning yosh analitiklari tomonidan tashkillashtirilgan ilmiy kengash bo`ldi. Ushbu muhokamali kengash “O`zbekistonga chet el investitsiyalarini kirib kelishini rag`batlantirish: xorij tajribasi” mavzusida bo`lib o`tdi. Ushbu loyihada uch yo`nalishda chiqish qilindi, ya`ni kengashdagi har bir guruh Yevropa, Janubiy Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi hududlarining tajribalariga asoslanib, O`zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish borasidagi takliflarini bayon qilishdi.