22.11.2017 14969

Universitetda Uwedweek haftaligi qizg`in davom etmoqda. Loyihalar o`zining xilma-xilligi bilan barchani o`ziga jalb qilyapti. Shunday yorqin loyihalardan biri is`tedodlilarni namoyon qiluvchi “Talent shou” dir. Ushbu tanlovda nafaqat JIDU talabalari, balki shahrimizning boshqa nufuzli oliygohlaridan ishtirokchilar qatnashdi va o`zlarining betakror qobiliyatlarini namoyon qilishdi. Ushbu tanlovga hay`at a`zolari etib, san`at sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan vakillar taklif qilindi. Ular: Xonanda Nargiz, Aktyor Mirolim Qilichev va "Shuhrat" medali sohibi, "Sado" ansambli badiiy rahbari Akbar Atamuhammedov.