21.11.2017 15561

Uwedweek haftaligi o`z loyihalarini taqdim qilishda davom etmoqda. Haftalikning 2 -kuni Uwed life,  Mr.Uwed va “Best room” tanlovlari o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Uwed life magazine tadbiri doirasida troll.uz loyihasi asoschisi Umid Gafurov va uning rafiqasi Mahliyo Akramova bilan uchrashuv bo`ldi. Tadbir ikki qismdan tashkil topdi: rasmiy qismda mehmonlardan intervyu olindi va online qismida turli ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollarga javob berildi. Tadbir oxirida faol ishtirokchilar va mehmonlar maxsus sovg`alar bilan taqdirlandi.