21.11.2017 15380

19-noyabr kuni “UWED WEEK” haflatigi “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida marafon – “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari tashabbuslari bilan boshlandi. Mazkur loyiha Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan Ekopark hududida o‘tkazildi. Ushbu qiziqarli sport g‘oyasi talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini targ‘ib etish, sog‘lom ong va e’tiqodni singdirish, sog‘lom g‘oya va fikr ulashishga bag‘ishlandi. Marafonda barcha fakultet talabalari hamda o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Yugurishning birinchi bosqichi dastavval qizituvchi mashqlar bilan boshlandi, so‘ng loyiha boshlovchilari yugirish bo‘yicha tegishli bo‘lgan yo‘riqnomalar berdi. Bir kilometrni tashkil etgan masofa ishtirokchilar tomonidan ko‘tarinki ruhda, chaqqonlik bilan zab etildi. Bunda g‘olib bo‘lganlar medallar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘tkazilgan marafon barchaga yaxshi kayfiyat, ko‘tarinki ruh va tetiklik ulashdi. Universitetimizda faoliyat yuritayotgan barcha o‘qituvchilar, hodimlar va talabalarni JIDU haftaligining olamshumul voqealarida ishtirok etishlariga tilakdoshmiz!