20.11.2017 15531

2017-yil 18-noyabr kuni JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-kurs talabalari, O‘zbekiston Respublikasi MTRK “Yoshlar” telekanali taklifiga ko‘ra, “Yoshlar orasida jinoyatchilik va yo‘l xarakati hodisalari sodir etilishi omillari hamda, ularni bartaraf etish” mavzusini yoritish bo‘yicha, suratga olish jarayonlarida ishtirok etishdi. Taklif etilgan ekspertlar, O‘zResp. IIV BB va Toshkent shahar IIBB xodimlari, talabalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol-javob tariqasida ochiq muloqot olib bordi.

Shuningdek, O‘zResp. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Sa’dullayev talabalar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularga “Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yoshlarning jamiyatdagi o‘rni” haqida qisqacha ma’lumot berdi va yoshlarning fikri bilan qiziqdi.