JIDU vakillarining Tadbirkorlik Global haftaligida ishtiroki
14.11.2017 16132
2017 yil 13 noyabrda Toshkentda Tadbirkorlik Global haftaligi o‘z ishini boshladi. Birinchi kunning tadbirlari doirasida "O'zbekistonda iqtisodiy mo‘jiza bo‘ladimi?" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Yig'ilishni Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti qoshidagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish muammolari va ilmiy asoslari" ilmiy-tadqiqot markazining direktori Durbek Ahmedov o'tkazdi. Davra suhbatida Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklash markazi direktori Yuliy Yusupov hamda online formatida Viskonsin Universiteti qoshidagi (Medison shahri, AQSh) biznes maktabining doktoranti, iqtisodchi Behzod Hoshimov o‘z ma’ruzalari bilan so‘zga chiqishdi. Sessiya ishida JIDU professiri Nishonboy Sirojiddinov ekspert sifatida qatnashdi. Ushbu ma’ruzalarning muhokamasida universitetimizning "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari Tashpulatova Laylo, Djuraeva Rano hamda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetining 5-chi kurs talabalari faol ishtirok etishdi.