10.11.2017 16593

«Xalqaro huquq» fakultetining 4-kurs talabalari murabbiy V.A.Artikova boshchiligida 2017-yil 9-noyabr kuni Toshkent fotografiya uyida bo’lib o’tayotgan Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at Xalqaro festivali ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. Ushbu Xalqaro festivalning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilikning unitila boshlangan qadimiy an’analari va maktablarini qayta tiklab, rivojlantirish va istiqbollarini namoyon etish edi. Qo‘li gul ustalarimizning san’at asari darajasida tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari bugun dunyoning ko‘plab muzeylaridan, xalqaro ko‘rgazmalardan joy olib, xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, bebaho qadriyatlari va yaratuvchanlik salohiyatini namoyon etib kelmoqda.