10.11.2017 16092

2017-yil 8-noyabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalarining Oʻzbek milliy akademik drama teatriga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif chog‘ida teatr binosi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi. Talabalar teatrda faoliyat yuritib kelayotgan aktyorlar, ularning ijodiy chiqishlari, o‘tkazilayotgan turli tanlovlar va kechalarni aks etuvchi ekspozitsiya bilan tanishdilar.

So‘ng talabalar “Navoiy” spektakli namoyishidan bahramand bo’ldilar. Teatrga tashrif talabalarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.