«Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasiga tashrif
08.11.2017 16672
8-noyabr kuni “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” mutaxassisligi magistratura birinchi kurs talabalari Tashpulatova L.M. bilan “Innovatsion Iqtisodiyot” faning sayyor dars doirasida «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. Ushbu sayyor darsning asosiy maqsadi – milliy sanoat korxonalari mahsulotlari va innovatsion yutuqlari bilan tanishib chiqish edi. «Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida sanoatning barcha sohalarida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi 220 ta mahalliy kompaniya avtomobilsozlik, yengil sanoat, elektrotexnika, kimyo, tog‘-metallurgiya, mebelsozlik, qurilish sanoati, farmatsevtika, ta’lim va boshqa sohalar bo‘yicha 10 mingdan ortiq tovar va mahsulotlar bilan ishtirok etishgan.