06.11.2017 16560

2017-yil 27-28-oktabr kunlari “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O’zbekiston ekologik harakati vakillari bilan bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishidagi nutqidagi ilgari surilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, qonun loyihalari ishlab chiqilishi jarayonlari bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizning taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida respublika miqyosida tashkil etilgan “Parlament-yoshlar manfaatlari himoyachisi va demokratiya maktabi” mavzusidagi yoshlar anjumanida ishtirok etishdi.

Bo’lib o’tgan anjumanda talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etish barobarida “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun borasida o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirdilar.