05.02.2016 35632

Joriy yilning 4 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalarini kasbga tayyorlash, talabalar orasidan Davlat bojxona organlari xizmatiga nomzodlar zahirasini shakllantirish va ularni sohaga qiziqtirish maqsadida, “Xalqaro huquq” fakulteti bitiruvchi talabalari ishtirokida Davlat bojxona qo‘mitasida “Nomzodlar bilan uchrashuv kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda  Davlat bojxona qo‘mitasi yetuk mutaxassislari talabalarni bojxona faoliyatiga doir turli ma’lumotlar bilan batafsil xabardor etilishi bilan bir qatorda,  qo‘mita tarkibidagi bo‘limlar bilan ham ularni yaqindan tanishtirib chiqishdi hamda tekshirish laboratoriyalari, videokuzatuv punktlari va sport-sog‘lomlashtirish markazlariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatiga doir maxsus videolavha namoyish etildi va ushbu tadbir talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.