Toshkentning tarixiy obidalari bo‘ylab ekskursiya
03.11.2017 16993
2017-yil 1-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-kurs talabalari bilan Toshkentning tarixiy obidalari bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Jumladan, universitet talabalari Toshkentning Eski shahar mavzesida joylashgan “Xast-Imom” (Abu-Bakr Muxammad Kaffal Shashi) masjidi, “Shayx Zayniddin” jo’me masjidi va Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasiga tashrif buyurishdi.