02.11.2017 16246

1-noyabr kuni “Insight club” to‘garagi doirasida navbatdagi treningi o‘tkazildi. Trening davomida talabalarning tashabbuslariga ko‘ra o‘zlashtiruvchi mashqlar olib borildi. Kun tartibidan o‘rini olgan asosiy mavzuga urg‘u berildi. Bunda barcha ishtirokchilar tomonidan hayotga bo‘lgan ishonch va ko‘tarinki ruhini namoyish etgan holda istiqbol rejalari va orzularini ifodalab berildi. Ichki hissiyotlari bilan o‘rtoqlashildi. Muammoli vaziyatlarni yaxlit jamoa bo‘lib yechishga harakat qilindi. Trening so‘ngida talabalarga asablarni tinchlantiruvchi mashqlar havola etildi. O‘tkazilgan trening ijobiy ta’ssurotlar almashuviga zamin yaratdi.