31.10.2017 14330

28-oktabr kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabalari O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Ushbu muzey ilmiy-tadqiqod maskani bo’lib hisoblanib, O’zbekistonning  harbiy tarixini o’rganish, boyitish va xotiralash hamda harbiy burchini o’tayotgan fuqarolar, yoshlar va  aholini vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy  qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ekskursiya davomida talabalar  muzeyning boy merosi bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyasi bilan tanishib chiqdi, shu qatorda O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga muyassar bo’ldi. Muzeyga bo’lgan tashrif katta qiziqish uyg’otdi.