”Xalqaro huquq” fakulteti talabalarining Respublika Birja markaziga tashrifi to’g’risida
15.02.2016 38139
Respublika Birja markazida ”Xalqaro huquq” fakulteti professor o’qituvchilari va talabalari ishtirokida qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan talabalarga fond bozorining tashkiliy tuzilishi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, aksiyadorlik jamiyatlari hamda aksiyadorlar, investitsiya fondlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Talabalar “Toshkent” respublika fond birjasining savdo zali, muzeyi hamda savdo maydonchalarida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tayyorlash jarayoni bilan tanishtirildilar.