28.10.2017 19422

25-oktabr kuni murabbiylik soatida akademik guruhlarda kitob ixlosmandlari o‘rtasida kitob mutolaasi o‘tkazildi. Bunda talabalar o‘zlarining kitobga bo‘lgan qiziqishlarini, kitobxonlik madaniyati hamda badiiy saviyasini namoyish etdilar. Mutolaa rangbarang chiqishlarga boy bo‘ldi. O‘zbek adabiyotidan o‘rin olgan yozuvchilar Abdulla Qodiriy, O‘tkir Xoshimov, Erkin Voxidovning asarlari tilga olindi. Zamonaviy shoirlarning she’rlari ifoda etildi. Jahon adabiyoti namoyandalari bo‘lgan Aleksandr Dyuma, Prosper Morime, Jeffri Uilyam, Chingiz Aytmatovlarning ijodiga to‘xtalib o‘tildi. Talabalar “Eng yaxshi she’r ifodasi”, “Eng yaxshi hikoya ifodasi”, “Eng yaxshi ko‘rgan kitobim taqdimoti” nominatsiyalarida bellashdilar. G‘oliblar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni yanada oshirish kerakligiga urg‘u berildi. O‘tkazilgan kitob mutolaasi talabalarda katta ta’surot qoldirdi. Uchrashuvda murabbiylar Aziza Abdullayevna Usmanova hamda Farrux Muzaffarovich Tashevlarning rahbarligida “Xalqaro munosabatlar” va “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari faol ishtirok etdi.