O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi vakillarining “Xalqaro huquq” fakulteti 5-kurs talabalari bilan “Bitiruvchilar soati” doirasida bo‘lib o‘tgan ma’ruzasi to‘g‘risida
25.10.2017 19821
2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Bitiruvchilar soati”da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, shuningdek Adliya vazirligi va Departament faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’ruza o‘qildi.
Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra talabalar turli masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdilar.