11.02.2016 37835

10 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Murabbiylik soati” doirasida barcha fakultet 1-2 kurs talabalari va murabbiylari o'rtasida “Qiyomatga qolgan qarz” mavzusida videofilm namoyish etildi. Mazkur film Ona Vatanni asrab-avaylash, sadoqat va hurmat-e’tiromda bo'lish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ota-onalarning mas'uliyatini oshirish, bu yo'lda mahallalarning rolini kuchaytirish masalalariga bag’ishlandi. El-yurtdan yiroqda yurgan, hayotini xavf-xatarga solgan, oilasi va Vataniga xiyonat qilgan yoshlar haqida so'z yuritildi. Videofilm yuzasidan talabalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Videofilm bo'yicha talabalarning fikr-mulohazalari:

“Videofilmni ko'rib hayajonlanib ketdim. Biz tengi yoshlar xorijga pul ishlashga chiqib ketib terroristik harakatlarga qo'shilib ketishi achinarli hol. Doimo ogoh va ziyrak bo'lishimiz kerak” (Mansurova Nozimabonu Ahmadjon qizi, MO 1-kurs)

“Ushbu videofilmda namoyish etilgan lavhalar ota-onalarimizning yuzini erga qaratish, isnotga qoldirish bilan tengdir”(Isamiddinova Yulduzxon Jumaboy qizi, HM, 1-kurs).

“Yengil pul topaman deb xorijga ketganlar, Vatanini, xalqini oyog’osti qilganlar bo'lib hisoblanadi” (Yoqubov Abdulaziz G’ayrat o'g’li, XIM 1-kurs).

“Ushbu film bizni yanada hushyor bo'lishga, dunyodagi voqealarni to'g’ri tahlil qilishga, ma'nan mustahkam bo'lishga chorlaydi” (Narzullaeva Samira Olimovna, MP 1-kurs).