18.10.2017 19108

2017-yilning 17-oktabr kuni JIDUning Ommaviy huquq markazida Nagoya universiteti 3-kurs talabasi Ogava Rio bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif yapon talabaning O‘zbekiston konstitutsiyaviy huquqini o‘rganish yuzasidan tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish amaliyoti doirasida uyushtirildi.

Uchrashuv davomida R.Ogava va “Xalqaro huquq” fakulteti o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida O‘zbekiston ma’muriy-huquqiy tizimi va konstitutsiyaviy huquqining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha fikr almashildi.