03.10.2017 18253

2017-yilning 2-oktabr kuni JIDUda Moskva davlat xalqaro munosabatlar universiteti professori A.Panov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zining “Rossiyaning Osiyo tinch okeani mintaqasidagi tashqi siyosati” mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruzasida ekspert talabalarga mintaqadagi asosiy xavfsizlikka tahdidlar haqida so‘zlab berdi.

Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olganlaridan so‘ng, rektor A.Djumanov oliy martabali mehmonga qiziqarli va foydali ma’ruza uchun minnatdorchilik bildirdi.