29.09.2017 21141

Joriy yilning 20-sentabrida «Хalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetining bir guruh 2-bosqich talabalari dotsent Raxmatullayeva G.M boshchiligida Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi hamkorligida O`zbekiston akademik rus drama teatrida tashkil etilgan tomoshada bo`lishdi. Tomoshada Rossiya bolalar musiqiy teatrining 9 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan yosh aktyorlari sahna ko`rinishlarini namoyish etishdi. Ijodiy guruh tomonidan “Dunayevskiy asarlariga xayollar” mavzusida musiqiy spektakl qo`yildi.

Minnatdor tomoshabinlar yosh aktyorlarni baland qarsaklar bilan samimiy kutib olishdi.