28.09.2017 19994

2017-yil 27-sentabr kuni 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Bitiruvchilar soati”da O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’ruza o‘qildi.

Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra talabalar qo‘mita bilan bog‘liq turli masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdilar.