27.09.2017 20482

23-sentabr kuni universitet Faollar zalida, JIDUning 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramga universitetning professor-o‘qituvchilari,  talabalar hamda “Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro davra suhbatida ishtirok etgan xorij ekspertlari mehmon bo‘lib tashrif buyurdi.

Bayram dasturi davomida universitetning iqtidorli talabalari raqslar, kuy va qo‘shiqlar hamda badiiy kompozitsiyalarni namoyish etdi.