23.09.2017 20652

Joriy yilning 21-sentabr kuni universitetda Islomobodning Kaid-i-A’zam universiteti Xalqaro Munosabatlar kafedrasining mudiri professor Zafar Navaz Jaspal bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Janob Jaspal xalqaro munosabatlar fakulteti talabalariga “Hozirgi kun xalqaro munosabatlari” mavzusida ma’ruza olib bordi. Ma’ruza davlatlarning kuch manbayi hamda 21 asr xalqaro munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari haqida bo’lib o’tdi. Uchrashuv yakunida universitetning mehmoni talabalarning qiziqtirgan savollarga javob berdi va esdalik uchun talabalar bilan suratga tushdi.