JIDUda “Xalqaro hamkorlik-barqaror taraqqiyot omili” mavzusida konferentsiyasi bo'lib o'tdi.
03.02.2016 35455
2016 yilning 2 fevral kuni JIDUda magistrantlarning “Xalqaro hamkorlik - barqaror taraqqiyot omili” mavzusida konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu yig’ilish JIDU Magistratura bo'limi va Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo'lib, unda magistrlar, professor-o'qituvchilar ishtirok etdi. Tadbirda JIDU rektori A.Djumanov o'zining kirish nutqi bilan qatnashib, bunday ko'lamdagi tadbir va ilmiy tadqiqotlarni iqtisod, huquq va xalqaro munosabatlar sohasining mutaxassislarini jalb qilgan xolda tashkil etishning dolzarbligini ta'kidlab o'tdi.
Konferentsiya davomida magistratura talabalari o'z nutqlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda barqaror taraqqiyot mavzusida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, davlatlarning energetika, suv resurslaridan oqilona foydalanish, xalqaro transport va investitsiya masalalaridagi mintaqaviy va xalqaro hamkorliklari haqida ham so'z yuritildi.
Tadbir yakunida yu.f.n., dotsent Z.Ubaydullaev tinglovchilarning diqqatini Vatanimizning ilmiy salohiyatini oshirish uchun ilmiy ishlarning amaliy ahamiyati nazariy tahlillar asosida olib borish zarurligiga qaratdi.