Hindistonning Xalqaro Vivekananda fondi bilan o‘zaro anglashinuv Memorandumi
05.09.2017 20222
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2017 yil qabul qilingan № PQ-2909 sonli qarori va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini rivojlantirish Konsepsiyasiga asosan Hindistonning Xalqaro Vivekananda fondi bilan o‘zaro anglashinuv Memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum orqali, taraflar uchun foydali bo‘lgan turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, delegatsiyalar, ilmiy-pedagogik xodimlar almashinuvi, turli xil ilmiy va boshqa ma’lumotlar almashinuvi, o‘zaro tashkil etiladigan konferensiya, seminar va simpoziumlarda qatnashish nazarda tutilgan.
Vevakananda xalqaro fondi – dolzarb milliy va xalqaro muammolar bo‘yicha sifatli va chuqur o‘rganilgan tadqiqotlarni amalga oshiradigan tahliliy markazdir. Shuningdek, Fond tomonidan ijtimoiy va etnik konfliktlar, terrorizm va ekstremizm kabi hodisalar bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi.