03.08.2017 24937

XIM fakultetining endilikda 4-kurs bo’lgan talabalari O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Britaniya konsulligi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi va Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o’tkazilgan “Barqaror rivojlanish maqsadlarida eng yaxshi yoshlar tashabbusinomli respublika tanlovida universitet hududida atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlar va islohotlarni o’zida aks ettirgan ijtimoiy loyihalari bilan ishtirok etishdi. Xususan, “Bizning universitetimiz – bizning kelajagimiz” (Xayitboyev Sh., Ochilov M., Kim E.) va “Safe energy” (O’rmonov A., Mamadaliyev J.) nomli loyihalar Britaniyalik mutaxassislar tomonidan respublikamizning 22 ta oliy o’quv yurtining 450 nafar talabalari tomonidan ishlab chiqilgan 150 ta loyihalar orasidan eng yaxshilari sifatida tanlab olindi. Ushbu talabalar 2-avgust kuni o’tkazilgan taqdirlash marosimida qatnashib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alarga loyiq topildilar. Ular 1-o’rinni qo’lga kirita olmagan bo’lsalar-da, ularning loyihalari munosabati bilan “Toshrangmetzavod Recycling” tomonidan universitetimiz uchun chiqindilarni turlarga ajratuvchi 1 ta komplekt konteynerlar taqdim etildi. Ularning loyihalari universitet hududida amalga oshiriladi. Bu ishda ularga omadlar tilaymiz!