16.01.2016 38721

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2015 yil 16 dekabrdagi 1173-sonli “Universitetda “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish to'g’risida”gi buyruqning ijrosini ta'minlash maqsadida shu yil 15 yanvar kuni  Universitetning faollar zalida “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” nomli tantanali  bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda talabalarni Vatanga muhabbat, harbiy vatanparvarlik g’oyalariga sadoqat, ona tuprog’imiz, yurtimiz xavfsizligini ko'z qorachig’idek asrashga katta e'tibor qaratildi. Muddatli harbiy xizmatni o'tab universitetimizga o'qishga qabul qilingan, hamda hozirgi kunda “Vatanparvar klubi” a'zolari bo'lgan talabalar ishtirokida badiy chiqish har bir ishtirokchining ko'nglini tog’dek ko'tardi.

Tadbirda universitet talabalari va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 48238-sonli harbiy qismning askarlari o'rtasida do'stona sport musobaqalari tashkil etildi (voleybol, dartts).

Bayramga tashrif buyurgan  o'z san'ati bilan xalqimiz qalbidan joy olib kelayotgan O'zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansamblining chiqishlari barchaga manzur bo'ldi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Marat Hakimov o'zining sho'x qo'shiqlari bilan tadbirga yanada ko'tarinki shukuh baxsh etdi.