19.06.2017 27520

2017 yil 12 iyun kuni “Pedagogika. Psixologiya” fani doirasida “Diplomatlar va diplomatiya psixologiyasi” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Mazkur anjuman o‘qituvchi Aziza Abdullayevna Usmanova hamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3 kurs talabalari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Anjumanda “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti talabalari ham ishtirok etdi. Talabalar o‘zlarining chiqishlarida diplomatiya sohasida ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik bilimlar va ularning mohiyatini yoritib o‘tdi, muzokaralar olib borish, kommunikativ aloqalar o‘rnatish, diplomatik xizmat doirasida axborot-psixologik xavfsizlik kabi masalalarga e’tibor qaratdi. Davlat imidjini yaratishda ommaviy diplomatiyaning psixologik mexanizmlariga to‘xtalib o‘tdi. Talabalar tomonidan tashkil etilgan ushbu anjuman ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.