16.06.2017 27173

2017 yilning 11 iyun kuni Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan O’zbekistondagi koreys tilini o'rganuvchi talaba yoshlari o'rtasida an'anaviy uchunchi «Quiz on Korea» nomli tanlovi o'tkazildi. Koreys tilini o'rganuvchi JIDU talabalari sovrinli o'rinlarni egalladilar: 4-bosqich xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi Nazarov Shahzod 2-o'rinni egalladi, 5-bosqich xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabasi Narimonov Timur esa tanlovda g'olib chiqib 1-o'rinni egalladi.