14.01.2016 38427

13 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Murabbiylik soati”doirasida “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan” shiori ostida “Jasorat darsi” tashkil etildi. Mazkur dars barcha auditoriyalarda yuqori saviyada zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda malakali ustoz-murabbiylar tomonidan o'tkazildi. Jasorat darsi davomida yosh avlod qalbiga Vatanga muhabbat, qurolli Kuchlarimizga hurmat va ehtirom, vatanparvar bo'lish, qahramonlik va jasorat ko'rsatishga bag’ishlangan badiiy va musiqiy chiqishlar, taqdimot va videonamoyishlar taqdim etildi.