03.06.2017 25433

2017 yil 29 may kuni Axborot-resurs markazi va Ma’naviyat-ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan JIDUda “G’ofur G’ulom”, “Adolat”, Yangi asr”  kabi nashriyot matbaa-ijodiy uylari ishtirokida kitob yarmarkasi o’tkazildi. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi “Kitob mahsulotlari ishlab chiqarish va tarqatish tizimini rivojlantirish, o'qish madaniyatini targ'ib qilish va takomillashtirish bo'yicha komissiya tashkil etish to'g'risida” gi Farmonini ro’yobga chiqarish doirasida, shuningdek talaba yoshlar orasida o’qish madaniyatini oshirish maqsadida o’tkazildi.