02.06.2017 25168

2017 yil, 31 may kuni O'zbekiston davlat konservatoriyasida “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxonlar” Respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. MRDI, TDSHI, TDPTI va JIDU jamoalari orasida “Kitob tafakkuri xazinasi”, “Eng faol badiiy asarning targ‘ibotchisi”, “Yosh ijodkor talaba”, “Asarlardan yaralgan sahna asarlari”, “Asarlardan yaralgan navolar” yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda bizning jamoa a’zolari har bir yo‘nalish bo‘yicha sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritdi. Bular, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1 kurs talabalari Umid To‘lanboyev, Norqo‘zi Abiyorov, Shaxboz Amirov va Gulasal Saidmavlonova. Tanlov ishtirokchilarini tabriklaymiz va ularga omad tilab qolamiz.