12.01.2016 37653

Joriy yilning 11 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab “Tayanchim va suyanchim, faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo'shini tassarufidagi Toshkent viloyati, qibray tumani, qizil-shalola m.f.y. hududida joylashgan 49348-sonli harbiy qismda xizmat qilayotgan  harbiylarga tantanali  bayram tadbir uyushtirildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi harbiylarni tabriklab, ularga esdalik sovg’alar topshirdilar. Muddatli harbiy xizmatni o'tab JIDUga imtiyoz bilan o'qishga kirgan talabalar ham tadbirda qatnashib, ommaviy axborot vositalariga intervyu berdilar.

Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna chiqishlar va musiqiy dasturlar tashkil qilindi.