22.05.2017 25891

2017 yil 17 may kuni talabalar orasida kitobxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar doirasida universitetning Axborot-resurs markazida Fuzuli nomidagi xalqaro mukofot sohibi, shoir, dramaturg To‘ra Mirzo bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Professor Fotima Muminova shoir bilan tanishtirira turib, uning ijodiy hayoti to‘g‘risida so‘zlab berdi. To‘ra Mirzo o‘zbek va rus tillarida Alisher Navoiyning, o‘zining va boshqa mualliflarning asarlaridan namunalar keltirdi. Universitet o‘qituvchilari va xodimlari shoir hamda yozuvchilarning asarlaridan parchalar o‘qishdi.

Talabalar o‘rtasida “Eng faol kitobxon guruhi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ular she’rxonlikda, yozuvchilarning badiiy asarlaridan namunalar o‘qishda bellashdi. Sovrindorlarga faxriy yorliqlar topshirildi. Uchrashuv iliq va ijodiy muhitda o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida To‘ra Mirzo tanlov ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qildi.