19.05.2017 25638

2017 yil 17 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Kamolot" YoIH BT tashabbusi bilan "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik tanlovining fakultetlararo festivali o'tkazildi. Unda uch fakultetning o'z terma jamoalari qatnashdi. Hazillar universitet ichki hayotining qiziq tomonlarini ochib berdi. Talabalarga esa, o'quv yilining so'ngi davrida katta ishtiyoq bag'ishladi. Tadbir so'ngida jamoalar rahbariyat tomonidan sertifikat va sovg'alarga ega bo'lishdi. Nominatsiyalar bo'yicha ham talabalarga sertifikatlar topshirildi.​