16.05.2017 26573

2017 yil 12 mayda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Faollar zalida Mirzo Ulug‘bek tumani Yong`in xavfsizligi xizmati boshlig‘i mayor R.Hikmatov va Davlat yong`in nazorati inspektori serjant B.Jumanov ishtirokida “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda uni oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar qatnashdi.

Mazkur tadbirda xonadonlarda va talabalar turar joyida qo‘lbola yasalgan elektr isitish va boshqa elektr, gaz uskunalaridan foydalanmaslik, bunday jihozlar bilan ishlash, ularga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lganda qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida universitet talabalariga va xodimlariga Mirzo Ulug‘bek tumanida 2017 yilning yanvar-aprel oylarida, fuqarolar xonadonlarida va davlat tashkilotlarida sodir bo‘lgan mudhish yong‘in hodisalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida videolavhalar namoyish qilindi. Tadbir davomida universitet talabalari va xodimlari yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilishlari haqida ohoglantirildi va 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida” qonun talablari bilan tanishtirildi.