22.12.2015 38610

2015 yil 22 dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «English week» deb nomlangan Ingliz tili bayrami haftaligi munosabati bilan jahon tillarini o'rganishga bag’ishlangan trening tashkil etildi. Mazkur treningni tashkil etishda «Insight club» talaba-yoshlar ijodiy guruhi tashabbus ko'rsatdi. Bayram ishtirokchilari mantiq va aql-idrokni ifoda etuvchi tanlov va bellashuvlarning shohidi bo'ldi. Trening davomida Yangi yil oldi kulgili hazl va latifalar, ashulla va raqs sadolari yangradi. Atraktsionlarning rang-barangligi bayramni esta qolishiga sabab bo'ldi.