12.05.2017 25949

2017 yil 10 may kuni universitetning Axborot-resurs markazida kitob mutolaasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoir va yozuvchilar R.Jumaniyozov, Z.Eraliyeva, R.Xaydarovalar tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvar kuni «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi o‘rganildi. Tashrif buyurgan mehmonlar mazkur farmoyishning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdilar. O‘zlarining ijodidan namunalar keltirdilar. Yoshlarni kitobga bo‘lgan hurmati va uni sevishi, Vatanga, ota-onaga bo‘lgan muhabbat, kattalarga izzat, insonlarga yaxshilik qilishga chorlashiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuvda universitetning barcha fakultet talabalari va murabbiylar ishtirok etdilar. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Talabalar bilan do‘stlik rishtalarini o‘rnatish maqsadida mehmonlar «Sharq yulduzi» jurnalining oxirgi nashrlarini sovg‘a qildilar.