10.05.2017 26272

5 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faollar zalida “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga nuroniy otaxonlar, onaxonlar, front orti xizmatchilari va mehnat faxriylari, baynalmilal jangchilar, mustaqilligimiz fidoyilari hamda universitetimizda ko‘p yillar xizmat qilgan ustozlar taklif qilindi.

Talabalar tadbir ishtirokchilarini o‘z sahna ko‘rinishlari bilan xursand qildi. Kasaba uyushmasi tomonidan faxriylarimizga qimmmatbaho sovg‘alar topshirildi va bayram oshi tashkil etildi.