05.05.2017 26708

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti axborot-resurs markazida 9 May - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ajdodlarga izzat, yurtimizning tinchligini saqlash va taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan keksa avlod vakillariga alohida hurmat va e’tibor qaratish muhim milliy qadriyatlar hisoblanadi.

Ushbu tantanali kunda, biz qanchalik og‘ir kulfatlar va qiyinchiliklar evaziga bugungi tinch va xavfsiz hayot, rivojlanish va to‘kin-sochinlikga erishilganini yana bir bor eslaymiz va tinchlik va xotirjamlik hukm surayotgan yurtimizning mustaqilligi ahamiyatini yanada chuqurroq his qilamiz.