Murabbiylik soatida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ma’naviy immunitetini mustahkamlash masalasi
24.04.2017 29862
2017 yil 19 aprel kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda “Yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ma’naviy immunitetini mustahkamlash” masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi. Suhbatda yoshlarning qalbi va ongini egallashga urinayotgan tahdidlarga urg‘u berildi. Ayniqsa, ommaviy madaniyat orqali kirib kelayotgan soch turmaklari, kiyinish madaniyat, musiqiy did, ijtimoiy tarmoqlar orqali flesh-konferensiyalarga qiziqish bildirish kabi ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Shu bois, yoshlarda zo‘ravonlik, konformizm, individualizm va egotsentrizmga bo‘lgan moyillik kelib chiqarishi amri-mahol ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shu qatorda, diniy ekstremistik oqimlar va ularning g‘oyalari, terrorizm tahdidiga qaratilgan muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi. Ayni paytda, yoshlar tomonidan dunyoviy va diniy bilimlari sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik, diniy ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglab yetmasligi ularning ma’naviy immunitetiga putur yetkazilishidan dalolatdir.
Suhbat chog‘ida yoshlar tarbiyasi masalasiga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar orasida mafkuraviy muammolarni va g‘oyaviy kurash masalalarini yanada chuqur o‘rganish, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi, texnika va texnologiyalar hamda ishlab chiqarish sanoatidagi yutuqlari bilan qiziqib borish. Yoshlar ma’naviyati, axloq-odobi va tarbiyasining ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni kuchaytirish.
Mavzu talabalar tomonidan qizg‘in muhokama etildi va kerakli bo‘lgan xulosalar chiqarildi.