12.04.2017 26965

2017 yil 11-aprel kuni JIDU Xalqaro huquq fakulteti 4 bosqich talabalari uchun “Xalqaro intellektual mulk huquqi” fani doirasida “Mualliflar mulkiy huquqlarini boshqarish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar, akademik falsafa fanlari doktori, professor Sattor Tursunmuhamedov ishtirok etdi.

Ma’ruzada 23-aprel “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni”, 26-aprel “Xalqaro intellektual mulk kuni” xalqaro tadbirlari arafasida mavzuning o‘tkazilishida mantiqiy bog‘liqlik borligi haqida ma’ruzachi yu.f.d. Boboqul Toshev ta’kidlab o‘tdi.

O’tkazilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.