06.04.2017 29399

2017 yil 5 aprel kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda “Temur tuzuklari”ning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz, go‘zal urf-odatlarimiz va an’analarimiz, o‘z ma’naviy ildizlarimiz qayta tiklangani, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizga to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, xalqimizning ma’naviy ildizini tashkil etgan buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, bobokalonimiz Amir Temur ma’naviyatiga e’tibor qaratildi.

Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy hayotga ta’sir ko‘rsatgan turli omillar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Bu haqida “Temur tuzuklari”da batafsil ma’lumotlar berilganligi esga olindi. Ushbu qo‘lyozmada sarkarda tomonidan davlatchilikka asos solinishida xalq va davlat manfaati, inson omili, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi yetakchi o‘rinni egallaydi deb ta’kidlab o‘tilgan fikrlari ibratlidir. “Temur tuzuklari” merosi yoshlarning dunyoqarashini shakllanishiga, o‘zining davlati va xalqi uchun xizmat qilishida iymon, vijdon va adolat tamoyillariga bo‘ysunishiga, Vatanga bo‘lgan sadoqati, yurtning milliy g‘oyasiga sodiq qolishga da’vat etadi. Mavzu doirasida qizg‘in fikr-mulohazalar olib borildi. Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi.