04.04.2017 33975

2017 yil 3 aprel kuni Talabalar turar joyida barcha fakultet talabalari ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizm - yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda mavzuning yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni, dolzarbligi va ahamiyatiga urg‘u berildi. Suhbat chog‘ida jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan global o‘zgarishlar davomida inson ongi va qalbi, ayniqsa, yoshlar hayoti uchun kurashish muhim bo‘lib hisoblanganligi ta’kidlab o‘tildi. Mafkuraviy xurujlar davomida g‘oyaviy tahdidlar jiddiy xavf solayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bunda buyuk davlatchilik shovinizmi, diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalarning zararli oqibatlari tilga olindi. Ular bilan kurash olib borishda yoshlar orasida loqaydlik, befarqlik, e’tiborsizlik kabi kayfiyatni bartaraf etish, ommaviy madaniyatdan yiroqlashtirish hamda ularni sog‘lom turmush tarzini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Mavzu davomida talabalar o‘rtasida o‘zaro fikrlar va qarashlar almashuvi bo‘lib o‘tdi.