06.04.2017 29031

2017 yil 5 aprel kuni murabbiylik soatida universitetning Axborot-resurs markazida o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Saodat” ijtimoiy-siyosiy jurnalining bosh muharriri Feruza Abdusamatovna Jalilova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bosh muharrir bugungi kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, “Saodat” jurnali tarixi, unga yetakchilik qilgan muharrirlar haqida gapirib o‘tdi. Xususan, Zulfiya Isroilova tomonidan ushbu jurnalga rahbarlik qilingan davriylik esga olindi. Bunda ularning ma’naviy barkamollikka erishish, insonning yuksalishi, undagi kamtarlik, ayoldagi, ayniqsa qizlarning ibo-hayosi bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiyalari tilga olindi.

 Bundan tashqari ayolning bugungi kundagi vazifalari – uning oilada, yurt ravnaqida qo‘shayotgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga urg‘u berdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan mavzuga doir savollar berildi. Uchrashuvda Murabbiylar kengashi vakillari, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi yetakchi o‘qituvchilari, Axborot-resurs xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuvni universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Sultanova olib bordi.